BannerMobile banner
Yangiliklar

Toshkentda bir oyga O‘zbekiston ovozi ko‘chasida harakat cheklanadi

22.04.2025 / 07:22

Cheklov aholi ehtiyojlari va zamonaviy shaharchilik standartlariga moslashtirishga qaratilgan

Blog image

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi markaziy ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.


Ushbu cheklov aholi ehtiyojlari va zamonaviy shaharchilik standartlariga mos 24 soat faoliyat yurituvchi hududni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli infratuzilma o‘zgarishlari bilan bog‘liq.


Shu tariqa, 2025-yil 24-aprel soat 07:00 dan 30-mayga qadar O‘zbekiston ovozining Yaҳyo G‘ulomov ko‘chasi bilan kesishgan nuqtasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi harakat uchun yopiladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner